Ana xolos. OFK Xitoy terma jamoasi yarimhimoyachisini avf etdi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xitoy terma jamoasi hamda Shandong Luneng klubi yarimhimoyachisi doping testdan o‘ta olmaganligi sabab uch oy muddatga futboldan chetlatildi.

Gap shundaki u joriy yilning avgust oyida OFK tomonidan navbatdan tashqari o‘tkazilgan doping testidan o‘ta olmagan edi. Chunki uning organizmida taqiqalangan moddalar topilgan edi. Shu sababli OFK bu futbolchini sakkiz oyga futboldan chetlatgan edi.

Biroq futbolchi bu qarorga e’tiroz bildirib, ishni qayta ko‘rib chiqish uchun ariza bergan edi.

14 dekabr kuni OFK tomonidan chiqarilgan qarorga muvofiq Jin Jingdaoga qo‘yilgan cheklov sakkiz oydan uch oyga qisqartirildi. Ammo futbolchi uch oylik muddat o‘tishini kutib o‘tirishi shart emas. Chunki Jingdao doping testidan o‘ta olmagach, shu yil 9 sentyabrdan 8 dekabrgacha maydonga tusha olmagandi va bu muddat yuqorida keltirilgan uch oylik cheklov muddatiga tengdir. Qisqacha qilib aytganda futbolchi cheklov muddatini allaqachon o‘tab bo‘lgan.

Shuningdek OFKning qarorida Jin Jingdao bergan shikoyat arizasini qayta ko‘rib chiqish paytidagi barcha harajatlarni (1,000 AQSh dollari) futbolchining o‘zi qoplashli zarurligini ham eslatib o‘tilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!