Ana xolos: Osiyo boks ligasi bekor qilindi!
Javohir Malikov
Xabaringiz bor, 5–20 dekabr kunlari Amman shahrida ilk bor klublar oʻrtasidagi “Asian Boxing League” turnirini oʻtkazish rejalashtirilgan edi
Xabaringiz bor, 5–20 dekabr kunlari Iordaniyaning Amman shahrida ilk bor klublar oʻrtasidagi “Asian Boxing League” turnirini oʻtkazish rejalashtirilgan edi.
Biroq, mintaqadagi beqaror vaziyat sababli musobaqa nomaʼlum muddatga qoldirildi. “Asian Boxing” tashkiloti sportchilar xavfsizligini ustuvor vazifa sifatida belgilab, Osiyodagi barcha musobaqalar xavfsiz, barqaror va ishonchli muhitda oʻtkazilishini taʼminlash maqsadida mazkur turnirni qoldirishga qaror qildi.

Bu haqida Oʻzbekiston Boks federatsiyasi xabar bermoqda.

Izohlar (0)