
Ana xolos! Ramos Makgregorni "Real"ga taklif qildi
"Real" Madrid klubi sardori Serxio Ramos UFCning sobiq chempioni Konor Makgregorga “qirollik klubi”ga o‘tishni taklif qildi.
“Do‘stim, balki “Real” mashg‘ulotlarida ishtirok etarsan? Istagan payting seni kutamiz”, - deb izoh qoldirdi ispaniyalik himoyachi futbol mashqlarini bajarayotgani aks etgan Konorning postiga.
34 yoshli Ramos joriy mavsum “Real” safida 44 ta o‘yinda maydonga tushdi va 13 ta gol hamda 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar