
Ana xolos! "Real" Beyl bilan shartnomani bekor qilishi mumkin
Madridning "Real" klubi vingeri Garet Beyl jamoani erkin agent sifatida tark etishi mumkni. Bu haqda ESPN nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra agar 30 yoshli uelslik futbolchi Xitoy klubiga o‘tishga rozilik bildirsa, madridliklar u bilan amaldagi shartnomani bekor qilishi mumkin.
Ta’kidlash kerakki, “qirollik klubi” dastlab Beylning transferidan mo‘may pul ishlab olishni rejalashtirayotgan edi. Biroq, unga Evropa klublaridan takliflar bo‘lmadi. Uni sotib olishni xohlayotshgan Xitoy klublari esa katta soliqlar sabab “Real” so‘rayotgan mablag‘ni to‘lay olishmaydi.
Eslatib o‘tamiz, ayni damda Beylga "Tszyansu Sunin", "Shanxay Shenxua" va "Beytszin Goan" kabi Xitoy klublari jiddiy qiziqish bildirishmoqda.
Fikrlar