Ana xolos: “Real” Li Ligani tark etib, xorij chempionatiga o‘tmoqchi

  • 18 fevral, 13:53
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” rahbariyati Ispaniya chempionatini tark etib, boshqa mamlakat ligasida qatnashish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Tecno

Sport.es saytining yozishicha, bunga klub rahbariyati jamoa hakamlar tomonidan ta’qibga uchrayotganini sabab qilib ko‘rsatmoqda.

Manbaga ko‘ra, La Liga rahbari Xaver Tebas va “Qirollik klubi” prezidenti Florentino Peres o‘rtasidaga kelishmovchiliklar katta ziddiyatga aylanib bo‘ldi.

“Peal” mutasaddilari ayni paytda boshqa ligalardan boshpana so‘ramoqchi. Madridliklar Bundesliga, A Seriya yoki Liga 1 bellashuvlariga qo‘shilish variantini o‘rganib chiqyapti.

Ta’kidlash joizki, “Real” ayrim uchrashuvlarda hakamlikni tanqid qilmoqda. La Liganing boshqa klublari madridliklarning bu ishini hakamlarga ta’sir va bosim o‘tkazishga harakat sifatida baholayapti va Xaver Tebasdan “Real”ni jazoga tortishni talab qilyapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!