Ana xolos! Saudiya klublari UEFA Chempionlar ligasida ishtirok etishi mumkin

  • 17 avgust, 2023, 11:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Arab futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UAFA) Saudiya jamoalariga 2025 yildan boshlab Chempionlar ligasida ishtirok etishiga ruxsat berish uchun UEFA bilan faol muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda Calcio e Finanza nashri xabar tarqatdi.

Manbaga ko‘ra, UAFA'ning g‘oyasi Saudiya Arabistoni jamoalarini 2025 yildan o‘zgaradigan Chempionlar ligasining yangi formatida ko‘rsatilgan musobaqada qatnashish huquqini beradigan "wild card"dan foydalanib ishtirok etishini ta’minlashdan iborat. Unga ko‘ra, UEFA Chempionlar ligasida 2025 yildan boshlab jamoalar soni 36 tagacha ko‘paytiriladi.

Arab futbol assotsiatsiyalari ittifoqi rejalashtirilgan qo‘shimcha o‘rinlardan biri Saudiya Arabistoni chempionligini qo‘lga kiritgan jamoaga beriladi. Bu “Al-Ittihod”, “Al-Ahli”, “An-Nasr” va “Al-Hilol” kabi klublarga xalqaro miqyosda yanada ko‘proq e’tirof va e’tiborga ega bo‘lish imkonini hamda ularga ko‘hna qit’aning eng yaxshi klublari bilan raqobatlashish imkoniyatini beradi. Biroq, bu g‘oyani amalga oshirish oson emas, chunki jarayonda nafaqat UEFA, balki OFK ham ishtirok etishi talab etiladi. O‘z navbatida UEFA Saudiya klubiga taqdim etiladigan bir o‘rinni Evropa jamoalaridan tortib olish kerak bo‘ladi.

Shu tariqa, yozda Saudiya Arabistoniga jahon futboli yulduzlari ommaviy ravishda ko‘chib o‘tganiga qaramay, ularning ko‘pchiligi Evropa arenalariga, jumladan, Chempionlar ligasiga qaytishi mumkin bo‘ladi. Arab futboli uchun bu ham jahon sahnasida tan olinishi yo‘lidagi yana bir katta qadam bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!