
Ana xolos! "UFC 272" turnirining 2-markaziy jangi bekor qilindi
Xabaringiz bor, 5 mart kuni "UFC 272" turniri tashkil etiladi. Mazkur turnirning ikkinchi asosiy to‘qnashuvida engil vazn (70.3 kg) toifasi vakillari braziliyalik Rafael dos Anos (30-13) va Rafael Fiziev (11-1) bahs yuritishi kerak edi. Biroq ushbu jang qoldirildi.
Sababi, qirg‘izistonlik jangchida koronavirus aniqlangan. Ular o‘rtasidagi jang avval ham qoldirilgan edi. Aslida, ular o‘rtasidagi bahs 19 fevral kuni bo‘lishi kerak edi. Ammo Fizievning vizasi bilan bog‘liq muammo tufayli, 5 mart sanasiga ko‘chirilgandi.
Ma’lumot uchun, Fiziev engil vazn (70.3 kg) divizioni reytingida 11-o‘rinda qayd etilgan bo‘lsa, Dos Anos 6-pog‘onadan o‘rin olgan.
Fikrlar