
Ana xolos: Vaziyat o‘zgardi, Mbappe Frantsiyaga yordam bera olmaydi
Frantsiya terma jamoasi etakchisi Kilian Mbappe guruhning Avstriyaga qarshi o‘tkazilgan birinchi o‘yinida burnini sindirib olgandi.
Dastlab, futbolchi operatsiya qilinishi aytildi. Keyinchalik shifokorlar jarrohlik amaliyotini o‘tkazmaslikka qaror qildi.
Yangi tekshiruvlar 25 yoshli forvard guruh bahslarida terma jamoaga yordam bera olmasligini ko‘rsatdi. Bir necha manbalarning ta’kidlashicha, Mbappe 21 iyun kuni Niderlandiya va 25 iyunda Polshaga qarshi bo‘ladigan bahslarni aniq o‘tkazib yuboradi.
Shifokorlar pley-off bahsi oldidan Mbappeni yana bir bor ko‘rikdan o‘tkazadi. Hozir futbolchining keyingi bosqichda o‘ynashiga ham hech qanday kafolat yo‘q.
Ko‘p narsa guruh bosqichidan keyin o‘tkaziladigan tibbiy ko‘rik natijalariga bog‘liq bo‘ladi. Agar kutilmagan vaziyatlar kelib chiqmasa, to‘purar hujumchi maxsus himoya niqobida maydonga tushishiga ruxsat berilishi kutilmoqda.
Fikrlar