Ana xolos: Xabi Alonso “Chelsi”ga Mbappeni olib keladi

  • 20.05.2026 07:06
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Chelsi”ning yangi bosh murabbiyi Xabi Alonso shaxsiy aloqalarini ishga solgano holda “Real” hujumchisi Kilian Mbappeni London klubiga olib kelishni rejalashtirdi.

Fransiyalik hujumchi ham faoliyatini Angliya Premier-ligasida davom ettirishi mumkin, deb xabar bermoqda Football365 nashri.

Manba ma'lumotiga ko‘ra, ingliz klubi allaqachon Mbappening onasi bilan bog‘langan. U ayni paytda futbolchining agenti ham hisoblanadi.

“Aristokratlar”ning yangi murabbiyi futbolchi bilan “Stemford Brij”da yana birga ishlashni talab qilmoqda. Ispaniyalik mutaxassisning “Real”da ishlagan paytida Mbappe bilan munosabatlari yaxshi bo‘lgan.

PSJdagi faoliyatini yakunlagan Kilian Mbappe 2024 yilning yozida  erkin agent sifatida Madrid klubi bilan shartnoma imzolagan edi. Kelishuv 2029 yil iyunigacha amal qiladi.

Joriy mavsumda hujumchi “Real” safida barcha musobaqalarda 43 ta o‘yin o‘tkazib, 41 ta gol urdi va yettita golli uzatmani amalga oshirdi.

2026 yilning yanvarida “Real” bosh murabbiyligidan iste'foga chiqarilgan Xabi Alonso 17 may kuni rasmiy “Chelsi” futbol klubi menejeri etib tayinlangani ma'lum bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!