Ana xolos: Xoland familiyasini o‘zgartirdi

  • 28 avgust, 12:18
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” to‘purari Erling Xoland Norvegiya milliy terma jamoasi libosidagi familiyasini o‘zgartirishga qaror qildi.

Tecno

Bu haqida Norvegiya terma jamoasining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifasida ma’lumot chiqdi.

Matbuot xizmati e’lon qilingan postda Xoland 9-raqamli futbolkada familiyasini “Braut Haaland” shaklida yozdirgani namoyish qilingan.

25 yoshli hujumchi shu paytgacha Norvegiya terma jamoasi safida otasining familiyasi aks etgan libosda o‘ynab kelayotgan edi. Endi Erling oila nomini to‘liq yozdirib, onasining familiyasini ham qo‘shtirdi.

Mashhur hujumchining onasi Gryu Marita Braut o‘z davrida professional engil atletikachi bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!