
Ana xolos! "Yuventus" chempion bo‘lish taklifini rad etdi
Italiya futbol federatsiyasi prezidenti Gabriele Gravina mamlakatda futbol mavsumini muddatidan avval yakunlash niyatlari yo‘qligini aytdi.
“Biz mavsumni oxirigacha o‘namoqchimiz. Rejaga ko‘ra chempionat 20 may yoki iyun oyi boshlarida davom ettiriladi va iyulda yakunlanadi. Xatto, avgust va sentyabr oyi varianti ham ko‘rib chiqildi. Men joriy mavsumni yakunlash uchun yangi mavsumda tavakkal qilishga ham tayyorligimni aytdim.
Mavsumni bekor qilish og‘ir bo‘ladi. Bu juda katta adolatsizlik. Biz chempion nomini e’lon qilishimiz mumkin. Ammo, “Yuventus” ushbu taklifga norozilik bildirdi”, - deydi Gravina.
Aytish kerakki, “Yuventus” 26 turdan so‘ng A Seriyada peshqadamlik qilmoqda. Ikkinchi pog‘onada borayotgan “Latsio” esa turinliklardan bor yo‘g‘i 1 ochko kam jamg‘argan xolos.
Fikrlar