Ana xolos! "Yuventus" evrokuboklardan chetlatilishi mumkin

  • 25.04.2023 14:54
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

UEFA Turinning "Yuventus" klubiga jiddiy jazo tayinlashi mumkin.

Yanvar oyida Turin klubi A Seriyada soxta kapital ishi tufayli 15 ochkodan mahrum qilingan edi. Ochkolar aprel oyida jamoaga qaytarildi. Oldinda yangi sud jarayoni bor.

Italiya futbol federatsiyasining Federal apellyatsiya sudi (FIGS) ishni qayta ko‘rib chiqishi kerak. "La Gazzetta dello Sport" nashri xabariga ko‘ra, agar "keksa senyora" soxta kapital qo‘lga kiritishda klubning aybi isbotlansa, evrokuboklardan chetlatilishi mumkin. Taqiqlash muddati kamida bir yil bo‘lishi mumkin.

Italiya chempionatining 31-turidan keyin "Yuventus" 59 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida uchinchi o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!