Anchelotti Alvaresning hisobga olinmagan penaltisi va dastlabki daqiqalardagi golga o‘z munosabatini bildirdi

  • 13 mart, 13:54
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Real Madrid" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti "Atletiko Madrid"ga qarshi bellashuvdan so‘ng matbuot anjumanida ishtirok etdi. Italiyalik mutaxassis Alvaresning penaltisi, o‘yin, ilk daqiqalardagi gol va penaltining kimlar ijro etishi haqidagi savollarga javob berdi. 
 
— Alvaresning penaltisi? 

"Ha, bu juda g‘alati edi. U ikki marta to‘pga tegdi: avval o‘ng oyog‘i bilan, keyin chap oyog‘i bilan”. 
 
- O‘yin tahlili? 

“Bu qiyin o‘yin bo‘ldi. Birinchi daqiqadayoq gol o‘tkazib yubordik va o‘yin dinamikasi o‘zgardi. Raqib yaxshi himoyalandi va tezkor qarshi hujumlar uyushtirdi. Bizda kam imkoniyatlar bo‘ldi va penaltini o‘tkazib yubordik. "Atletiko"ga qarshi o‘yinda aniq vaziyatlar yaratish juda qiyin - ular yaxshi himoyalanishadi va barcha imkoniyatlarni yo‘q qilishadi"

Carlos Ancelotti head coach of Real Madrid CF reacts during the UEFA Champions League 2024/25 UEFA Champions League 2024/25 Round of 16 second leg... 

- Birinchi daqiqadagi golmi? 
 
“O‘yinni nazorat qila olmaymiz, deb qo‘rqardim. Tezkor hujumlarni amalga oshirish uchun muvozanatni saqlash muhim edi. Ikkinchi bo‘limda biz o‘z maydonimizda ishonchli o‘ynadik va o‘zingiz ko‘rganingizdek, bu penaltiga olib keldi”. 
 
“Bizda beshinchi penaltini tepish borasida shubha bor edi. Biz Endrik buni amalga oshirishini xohladik. Ammo bu haqda unga aytganimda, uning yuzida alohida quvonch sezmadim. Shuning uchun ham o‘ziga ishongan va xotirjamroq ko‘rinadigan Ryudigerni tanladik” - dedi "qirollik klubi" bosh murabbiyi. 

Carlo Ancelotti head coach of Real Madrid reacts during the UEFA Champions League 2024/25 UEFA Champions League 2024/25 Round of 16 second leg match...
 
Ma’lumot o‘rnida, "qaymoqranglilar" "matraschilar" ustidan erishilgan g‘alaba orqali UEFA Chempionlar ligasining chorak finaliga yo‘l oldi. Ular bu bosqichda Londonning "Arsenal" klubi bilan kuch sinashadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!