
Anchelotti: "Barsa" bu mavsum bizga raqobat tug‘dira oladi
"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti yangi mavsumda La Ligada kechadigan raqobat haqida qisqacha gapirib o‘tdi. Uning aytishicha, "Barselona" bu safar ancha jiddiy raqibga aylangan.
"Menimcha, "Barselona" ajoyib jamoa tuzmoqda. Klub bu mavsum biz uchun jiddiy raqobat tug‘dirishini kutyapmiz.
Ularning kuchayib borayotganini e’tirof etaman. Biroq bor e’tiborimni baribir o‘z jamoamga qaratganman. Boshqa jamoalar bilan ishim yo‘q.
Futbolda meni hech narsa ajablantirmay qo‘ygan. "Barsa" doimo hurmatga sazovor klublardan bo‘lib qoladi", - dedi italiyalik mutaxassis.
Fikrlar