Anchelotti: EChLni yutishni istasak, "Siti"ni mag‘lub etish kerak

  • 15.03.2024 20:36
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Karlo Anchelotti "Real" Chempionlar ligasini yutmoqchi bo‘lsa, "Manchester Siti"ni taslim etishi kerakligini aytdi. 

Jamoalar Chempionlar ligasi chorak finalida to‘qnash keladi. 

"Siti" qiyin raqib, ammo chorak finalda buning farqi yo‘q. EChLni yutishni istasak, "shaharliklar"ni mag‘lub etishimiz kerak. Har ikki jamoada ham katta optimizm bor. Biz jang qilmoqchimiz. 

"Manchester Siti"ning fikri qanday ekanligini bilmayman. Biroq ularning ham munosabati biznikiga o‘xshasa kerak",
- dedi "qaymoqranglilar" ustozi. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!