Anchelotti JCh favoritini aytdi

  • 9 dekabr, 2022, 10:56
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti jahon chempionatining bo‘lajak g‘olibi haqida gapirdi. Italiyalik mutaxassisning fikricha, kubokka Tite boshchiligidagi Braziliya ega chiqadi. 

Tecno

"Braziliya eng ko‘p iste’dodlarni to‘plagan jamoa. Bu tarkibda futbolchilarning mahorati, yoshligi va katta tajribasi mujassam. Yirik turnirlarda esa bu muhim ahamiyat kasb etadi.

Men Angliyaning Frantsiya bilan qanday o‘ynashiga qiziqyapman. Bu finaloldi final bo‘lishiga shubham yo‘q. Qolgan juftliklarda esa favorit nomi aniq. Men hozircha hech qanday syurpriz ko‘rmayapman", - dedi Anchelotti.

Eslatib o‘tamiz, Braziliya bugun Xorvatiyaga qarshi chorak final bahsida maydonga chiqadi. Uchrashuv 20:00da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!