Anchelotti "Manchester Siti"ga EChLdan chiqib ketishni tiladi

  • 23.01.2025 19:02
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti "Manchester Siti"ning Chempionlar Ligasidagi qiyin ahvoli haqida fikr bildirdi. Umumiy bosqichning so‘nggi turidan oldin ingliz klubi turnir jadvalida 25-o‘rinni egallab turibdi. Eslatib o‘tamiz, pley-off bosqichiga 24ta jamoa o‘tadi.

"Manchester Siti" Chempionlar Ligasida g‘olib bo‘lish uchun asosiy nomzodlardan biri. Albatta, ular keyingi bosqichga chiqa olishmasa yaxshi bo‘lardi",— dedi Anchelotti jurnalistlarga.

Chempionlar Ligasi keyinchi bosqichga chiqish uchun "Manchester Siti" so‘nggi turda "Bryugge"ni mag‘lub etishi shart. 

 "Real" allaqachon EChLning pley-off bosqichiga yo‘llanma olgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!