
Anchelotti o‘zi yoqtirgan o‘yinchi uchun “Real” yulduzini “qurbon” qiladi
“Real” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti jamoaga Angliya Premer-ligasida “Chelsi” sharafini himoya qilayotgan mashhur yarim himoyachi Entso Fernandesni olib kelmoqchi.
Transfer News Live va Fichajes kabi manbalarning yozishicha, italiyalik mutaxassis argentinalik jahon chempionini olish uchun Orelen Tchuamenini “qurbon” qlishga tayyor.
Madridliklar bosh murabbiy talabini bajarish uchun frantsiyalik yarim himoyachini “Chelsi”ga sotib yuborishni mo‘ljallayapti.
Qizig‘i shundaki, 23 yoshli Fernandesning amaldagi shartnomasi 2032 yilgacha tuo‘ilgan va bu futbolchi 75 million evroga baholanmoqda.
24 yoshli Orelen Tchuameni esa, argentinalik o‘yinchidan qimmat turadi va frantsiyalik yarim himoyachining narxi 100 million evro ekani qayd etilgan.
Fikrlar