Anchelotti: “Real” g‘alabaga loyiq emas!

  • 15 sentabr, 2024, 11:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” Ispaniya chempionatining beshinchi turida “Real Sosedad” bilan kuch sinashib, Vinisius Junior va Kilian Mbappening penaltidan kiritgan gollari evaziga safardan 2:0 hisobidagi g‘alaba bilan qaytdi.

Jamoa uch ochkoni qo‘lga kiritganiga qaramay, madridliklar bosh murabbiyi Karlo Anchelotti shogirdlarining o‘yinini tanqid qildi.

- Uchrashuv juda qiyin o‘tdi, biz g‘alabaga loyiq emasdik. Chunki “Sosedad” juda zo‘r o‘ynadi. Murakkab vaziyatlarda shogirdlarim borini berishiga to‘g‘ri keldi va men buni qadrlayman.

Biz bellashuvni juda bo‘sh boshladik, raqib maydonning ikkinchi yarmida bizga kuchli bosim o‘tkazdi, lekin futbolchilarimiz doim bo‘sh o‘yinchini topa olib, vaziyatdan chiqib ketdi.

Jamoa 100 foizga tayyor emas, biroq o‘yinchilarning individual holati o‘sib bormyapti.

Men natijadan qoniqdim xolos. O‘yin hali ancha tanqid qilinadi. Uch ochkoga ega bo‘lganimizga qaramay, vaziyatga tanqidiy baho beramiz, - dedi italiyalik murabbiy.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
998913335306
15/09/2024 12:03
Анчелотти тугри фикирлай оладиган хакикий мураббий.