
Anchelotti: "Real" Madridda avlodlar almashinuvi 2018 yilda Ronaldu ketganidan keyin boshlangan"
Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Toni Kroos, Karim Benzema va Luka Modrichning ketishi va avlodlar almashinuvini haqida gapirdi.
“Kroos, Benzema va Modrichning kelajagi? "Real" Madridda avlodlar almashinuvi 2018 yilda Krishtianu Ronaldu ketganidan so‘ng boshlangan. Keyin klub Garet Beyl, Isko, Marselo, Rafael Varan, Serxio Ramos kabi futbolchilar bilan xayrlashdi. Biz bu futbolchilarni juda iqtidorli yoshlar bilan almashtirdik”, dedi Anchelotti matbuot anjumanida.
Eslatib o‘tamiz, "qirollik klubi" haligacha Modrich, Kroos va Benzema bilan shartnoma uzaytirilgani haqida rasmiy xabar e’lon qilganicha yo‘q, biroq bir qator nufuzli manbalar buni to‘liq bajarilgan deb xabar qilishgan.
Fikrlar