
Anchelotti "Real" uchun ikki yulduz hujumchini tanladi
"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti jamoani kuchaytirish uchun qanday transferlarni tashkil qilmoqchi ekanligi ma’lum bo‘ldi. "The Athletic" nashrining yozishicha, italiyalik mutaxassis kuchli hujumchi bilan shartnoma imzolash barobarida himoya qanotlarini ham kuchaytirmoqchi.
Anchelotti markaziy hujumchi lavozimiga ikki futbolchini ko‘rib chiqmoqda. Gap “Tottenxem” hujumchisi Xarri Keyn va “Napoli” hujumchisi Viktor Osimxen haqida ketmoqda.
Oldinroq, Xoselu "Espanol" va Roberto Firmino "Liverpul" ham "qirollik klubi" qiziqishlari doirasida ekani xabar qilingandi.
Madridliklarning joriy mavsumda bitta o‘yini qoldi. So‘nggi turda Anchelotti shogirdlari o‘z maydonida Bilbaoning "Atletik" klubini qabul qiladi.
Fikrlar