
Anchelotti “Real”da katta rekord o‘rnatib qo‘ydi
FIFA tomonidan tashkil etilgan Qit’alararo kubok musobaqasi bosh sovrini Madridning “Real” jamoasiga nasib qildi.
Madridliklar finalda Meksika vakili “Pachuka” jamoasi darvozasiga javobsiz uchta to‘p kiritdi. Gollar Kilian Mbappe, Rodrigo va Vinisius Junior hisobiga yozildi.
Bu g‘alaba Karlo Anchelottiga “Real” bosh murabbiyi sifatida 15-sovrinni keltirdi. Ushbu natija yangi rekord sifatida qayd etildi.
Hali “Qirollik klubi” tarixida hech bir murabbiy Karlo Anchelottichalik ko‘p sovrin yutmagan.
Eslatib o‘tamiz, italiyalik bosh murabbiy 2013-2015 yillarda ham “Real”ga ustozlik qilgan. 2021 yilda yana jamoa boshqaruvini qabul qilib oldi va hozirgacha muvaffaqiyatli ish yuritib kelyapti.
Fikrlar