
Anchelotti “Real”ning kamchiligini ochib tashladi
Ispaniyaning uchinchi turiga kelib, amaldagi chempion “Real” yana ochko yo‘qotdi. Madridliklar bu gal “Las-Palmas” maydonida mag‘lubiyatdan bazo‘r qutilib qoldi.
“Real” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti jamoasining kamchiliklari haqida ochiq gapirdi.
- To‘p bilan muomala qilishda biz etarli darajada tezkorlik ko‘rsata olmayapmiz. Bundan tashqari, to‘pni raqibdan olib qo‘yishga ham qiynalyapmiz.
“Las-Palmas”ga qarshi uchrashuvda yo‘l qo‘yilgan mana shu kamchiliklar birinchi turda “Malorka” bilan bo‘lgan ilk tur o‘yinida ham kuzatilgan edi, - dedi Karlo Anchelotti.
Endi madridliklar navbatdagi turni 1 sentyabr kuni o‘z maydonida “Betis” jamoasiga qarshi o‘tkazishi belgilangan.
Fikrlar