Anchelotti: Rodrigo mening raqamimni biladi, Neymar biladimi-yo‘qmi aniq emas
Braziliya terma jamoasining JCh-2026 saralashi doirasidan o‘rin olgan Chili va Boliviyaga qarshi o‘yinlar uchun qaydnomasi e’lon qilindi. Ushbu tarkibdan Neymar va "Real Madrid" futbolchisi Rodrigo joy olmadi. Ushbu holatga jamoa bosh murabbiyi Karlo Anchelotti o‘z munosabatini bildirdi.
“Neymar va Rodrigo chaqirilishi uchun ular yaxshi jismoniy holatda bo‘lishlari kerak. Agar qo‘shimcha tushuntirish istashsa, men bilan bog‘lansinlar. Rodrigo mening raqamimni biladi, Neymar biladimi-yo‘qmi aniq emas, lekin ehtimol bilsa kerak”, — dedi mutaxassis.
Ma’lumot uchun, bir necha kun oldin "Santos" klubi Neymarning jarohat olganligi ma’lum qilgan edi.
Fikrlar