Anchelotti: "Vinisius va Rafinya o‘z vazifasini yaxshi bajardi"

  • 27.03.2026 14:51
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

Karlo Anchelotti Fransiyaga qarshi o‘yinda (1:2) Vinisius Zhunior va Rafinyaning harakatlariga baho berdi.

"Menimcha, hech narsa yo‘qotilmadi. Rafinya yaxshi o‘ynadi, lekin birinchi bo‘lim oxirida muammo paydo bo‘ldi va uni almashtirishga to‘g‘ri keldi. Unda imkoniyatlar bo‘ldi, topsiz yaxshi harakat qildi.

Vinisius har doim xavfli. U gol urmadi, lekin hujumchi har doim bunga qodir. Ikkalasi ham o‘z ishini yaxshi bajardi.

Vinisius chap qanotda emas, markazga yaqin chap tomonda o‘ynadi, Martinelli esa boshida qanotda edi. Keyin bo‘lim o‘rtasidagi tanaffus paytida ularni joyini almashtirdim, chunki Fransiya o‘ng qanotimizga ko‘proq hujum qilardi va bizga himoyada ko‘proq nazorat kerak edi", — deya ta’rif berib o‘tdi Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!