Anchelotti Yaxshiboev gol urgan o‘yinni esladi
"Real" Madrid bosh murabbiyi Karlo Anchelotti EChL guruh bosqichi qur’a natijalari haqida gapirdi.
Unga ko‘ra, "qirollik klubi" "F" guruhida "Leyptsig", "Shaxtyor" hamda "Seltik" jamoalari bilan keyingi bosqich yo‘llanmasi uchun kurash olib boradi.
"O‘tgan mavsumda "Sherif"ga qarshi o‘z maydonimizdagi o‘yinda oson g‘alabani qo‘lga kiritamiz, deb o‘ylagandik, ammo biz mag‘lub bo‘ldik (1:2). Leyptsig hamda Glazgodagi bellashuvlar oson bo‘lmaydi.
Ushbu kvartetdagi boshqa jamoalarni hurmat qilish lozim. Huddi ular "Real"ni hurmat qilgani kabi", - dedi "qaymoqranglilar" ustozi.
Qayd etish lozim, Jasur Yaxshiboev o‘tgan mavsumda Moldovaning "Sherif" klubi sharafini himoya qilgan. Yurtdoshimiz tiraspolliklar "Real"ni mag‘lub etgan o‘yinda gol urishga muvaffaq bo‘lgandi.
Fikrlar