
Anchelottidan Moyesgacha, "Everton"ning yangi bosh murabbiyi uchun nomzodlarning ro‘yhati ma’lum qilindi
The Times nashri xabariga ko‘ra, "Everton" yangi bosh murabbiy ishiga jiddiy yondoshmoqda.
Liverpulliklar nafaqat erkin agentlarni, balki klub boshqaruvidagi mutahassislar nomzodlarini ham ko‘rib chiqmoqchi.
Klub rahbarlari Maurisio Pochettino, Devid Moyes, Marselino, Erik ten Xaag ("Ayaks"), Karlo Anchelotti ("Napoli") va Vitor Pereyra ("Shanxay SIPG") nomzodlari orasida birini tanlab olishni maqsad qilishgan.
Fikrlar