
Anchelottini Evropadan olib ketishadi
65 yoshli murabbiy Karlo Anchelottining “Real”dagi kelajagi mavhum bo‘lib turibdi. “Qirollik klubi” anchadan beri uning o‘rniga “Bayer”dan Xabi Alonsoni olib kelmoqchi.
Shunga qaramay, italiyalik mutaxassis ham ishsiz qolmaydi. Hozirning o‘zida Karlo Anchelottini ish bilan ta’minlab, xizmatini mo‘may daromad bilan mukofotlashga tayyor ish berishuvchilar chiqyapti.
Ulardan biri Braziliya futbol konfederatsiyasi. Bu tashkilot Anchelotti Braziliya terma jamoasini 2026 yilgi jahon chempionatiga tayyorlashini istayapti. Ular tajribali mutaxassisning mahorati va yulduzga to‘la jamoani boshqara olish qobiliyatini yuqori baholamoqda.
Shuningdek, Saudiya Arabistoni klublari ham mashhur murabbiyni hamkorlikka chorlayapti. Buning uchun Anchelotti ularning taklifini qabul qilsa bas. Ish va daromadli maoshga ega bo‘ladi.
Fikrlar