"Andijon" Antaliya yig‘inini yakunladi

  • 26 fevral, 17:13
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

22 yanvar kuni Turkiyaning Antaliya shahriga etib kelgan "Andijon" jamoasi u erda 25 fevralga qadar o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini olib bordi.

Ta’kidlash kerakki, barchasi murabbiylarning to‘liq rejasi va nazorati ostida o‘tdi. Qulay shart-sharoitlar hamda yaxshi saviyadagi sparring-raqiblarga qarshi o‘yinlar jamoaning yangi mavsumga tayyorgarligida muhim omillardan biri sifatida xizmat qiladi.

Barcha futbolchilar o‘z ustida jiddiy tarzda ishladilar va maydonda ham, trenajyor zalida ham murabbiylarning ko‘rsatmalarini to‘liq bajardilar. Antaliya yig‘ini davomida hammasi bo‘lib, 10 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Shundan 2 ta g‘alaba, 2 ta durang va 6 ta mag‘lubiyat qayd etildi. To‘plar nisbati 10\18.

Jamoa a’zolari Toshkentga qaytishdi. Futbolchilarga uch kunlik xordiq berildi va 1 mart sanasidan Toshkentda to‘planadilar. Ma’lumki, chempionatning ilk turida “Andijon” safarda “Qo‘qon-1912” jamoasiga qarshi o‘yin bilan boshlaydi. Futbolchilar 6 mart qadar Toshkentda shug‘ullanib, so‘ngra poytaxtdan Qo‘qon tomon yo‘l oladi.

25 yanvar. “Andijon” – “LKS Lodz” (Polsha) – 0:0

29 yanvar. “Andijon” – “Vorskla” (Ukraina) – 4:3

2 fevral. “Andijon” – “Borya Banya-Luka” (Bosniya va Gertsegovina) – 0:1

7 fevral. “Andijon” – “ASK Voytsberg” (Avstriya) – 1:2

7 fevral. “Andijon” – “Raufoss” (Norvegiya) - 0:2

13 fevral. “Andijon” – “Zelin” (Chexiya) – 0:2

13 fevral. “Andijon”  “Shaxtyor” (Qozog‘iston)  2:0

17 fevral. “Andijon” – “Vishista Krakov” (Polsha) – 2:3

20 fevral. “Andijon” – “Zbroyovka Brno” (Chexiya) – 0:4

24 fevral. “Andijon” – “Zenit”-2 – 1:1

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!