
"Andijon" bir qator o‘yinchilar bilan xayrlashdi
"Andijon" klubi yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida selektsiyaga alohida ahamiyat qaratayotgani bor gap.
Bir qator futbolchilar bilan shartnomalar imzolanayotgan paytda jamoani tark etayotgan futbolchilarning bo‘lishi ham tabiiy.
Klub matbuot xizmatining xabar berishicha, Igor Litovka, Levan Arveladze, Farhod Bekmuratov, Abinur Nurimbet, Marlen Chobanov, Vagiz Galiulin va Maksim Sarraf bilan do‘stona ravishda xayrlashishgan.
Yaqinda Arveladze bilan Bekmuratov "Lokomotiv" bilan shartnoma imzolashdi. Chobanov esa "Sho‘rtan"ga o‘tdi.
Fikrlar