"Andijon" "Buxoro"ga qarshi 50-yubiley o‘yinida maydonga tushadi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

1 dekabr kuni “Andijon” “Bobur Arena”da “Buxoro”ni qabul qiladi. E’tiborlisi, bo‘lajak to‘qnashuv ushbu jamoalarning O‘zbekiston chempionatidagi yubiley 50-o‘yiniga aylanadi.

Bunga qadar “Andijon” va “Buxoro” elitada 49 bor kuch sinashgan. 15 tasida “Andijon” g‘alaba qozongan. “Buxoro” 21 ta bahsda g‘olib chiqqan. 13 ta uchrashuv durang bilan tugagan. To‘plar nisbati 65\80 mehmonlar foydasiga.

Jamoalarning O‘zbekiston chempionatidagi ilk uchrashuv 1992 yilning 28 mart sanasida Buxoroda o‘tkazilgan. U paytlarda “Buxoro” “Nurafshon”, “Andijon” esa “Navro‘z” nomi bilan ishtirok etardi. Ilk bellashuvda 2:2 hisobida qayd etilgan. Shuningdek, “Andijon” – “Buxoro” o‘rtasidagi bahsning oxirgi to‘rttasida "burgutlar" raqibiga yutqazayotgani yo‘q, g‘alaba va durang kabi natijalar kuzatilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, “Andijon” – “Buxoro” o‘rtasidagi o‘yin tomoshabinlarsiz o‘tkaziladi va bellashuv “FOREIGN LANGUAGES” telekanali orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatiladi. Bellashuv soat 15:00 da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!