"Andijon" darvozaboni: "Qo‘rqinchili hech narsa yo‘q"

  • 7 aprel, 2023, 00:30
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Andijon” jamoasida bir necha mavsumdan beri faoliyat ko‘rsatib kelayotgan darvozabon Eldor Adhamov o‘zining iqtidori bilan ancha ko‘zga tashlanib qolganligi sir emas.

Tecno

Joriy mavsumni u “Andijon” safida Qarshida “Nasaf” ustidan qozonilgan ajoyib g‘alaba bilan boshlagandi. Biroq o‘sha uchrashuvda Adhamov oyog‘idan jarohat olib safdan chiqdi. Natijada shundan beri jamoasiga yordam bera olmayapti va ayni paytda davolanish ishlarini olib bormoqda.

Eldor hozirgi holati, qachon safga qaytishi va yana ayrim qiziqarli masalalar bo‘yicha gapirdi.  

Adhamovning davolanishi qanday ketmoqda?

- To‘g‘ri, chempionat biz uchun juda omadli boshlangandi. 1-turdayoq Superliga etakchilaridan biri “Nasaf” maydonida uch ochkoni qo‘lga kiritib qaytdik. Lekin muvaffaqiyat “qurbon”larsiz bo‘lmas ekan. Afsuski, menda ham jarohat bo‘lib qoldi. Xudoga shukrki, jarohatim borasida qo‘rqinchli hech narsa yo‘q. 23 mart sanasida jamoa lageriga qaytib mashg‘ulotlarga kirishgandim. Ammo bu muddat shifokorlar menga belgilab bergan pauzadan ertaroq edi. Shunchaki, men tezroq safga qaytib, jamoamga yordam berish maqsadida ertaroq qaytgandim. Bir hafta davomida shug‘ullangach, 30 martda qayta tekshiruvdan o‘tganida shifokorlar maksimal “nagruzka”lar olishim biroz vaqtli ekanligini aytishdi va yana biroz pauza kerakligini ta’kidlashdi. Xudo xohlasa, 10-12 aprel oralig‘ida yana klubga qaytib, mashg‘ulotlarga kirishaman.

adxamov

Jamoasining o‘yinini chetdan kuzatayotgani haqida

- Jamoa o‘yinini chetdan kuzatish juda qiyin holat. Buni aynan maydon chetidan kuzatganlar yaxshi biladi. Anchadan beri bunday vaziyatga tushmagandim. Ayniqsa, jamoangizga yordam berish maqsadida maydonga tushib ketgingiz keladi. Faqat sabr qilish va chidash kerak. Xudo xohlasa, ko‘pi ketib, ozi qoldi. O‘tkazilgan o‘yinlar haqida gapiradigan bo‘lsam, menga oxirgi o‘yin yoqdi. Qattiq “nastroy” qilib chiqishdi. Yutmasak ham bo‘lmasdi. Xudoga shukr g‘alaba qozondik. O‘sha “Olimpik” bilan uchrashuv yaxshi taassurot qoldirdi. Butun jamoamiz ajoyib o‘ynadi. Baribir bizga yana biroz vaqt kerak. Yangi tarkib shakllantirilyapti. To‘liq tushunib olish uchun baribir vaqt zarur bo‘ladi va hammasi o‘yinlar orqali keladi.

Chempionatimizdagi kuchli darvozabonlar kim?

- O‘zbekiston chempionatida darvozabonlar orasida hammadan ajralib turadigan birortasini ko‘rsata olmayman. Ko‘p posbonlarning saviyasini bir xil deb o‘ylayman. Kimdadir nimadir plyus va yana kimdadir nimadir minus. Shuning uchun yaqqol ajralib turadigani, mana bu eng zo‘ri, bunisi ikkinchisi deb hech kimni ko‘rsata olmayman. Menga shaxsan o‘zimni o‘yinim yoqadi. Nimadir o‘rganish kerak bo‘lsa, ko‘proq Evropa futbolidan o‘rganishga harakat qilaman. Ayniqsa, Angliya, Ispaniya, Germaniya chempionatidagi darvozabonlar yaxshiroq o‘yin ko‘rsatishyapti. Aynan o‘shalardan nimadir o‘rganishga harakat qilaman.

adhamov_1

Vodiy derbisi oldidan

- Xudo xohlasa, yaxshi o‘yin bo‘ladi. Yigitlar “Neftchi”ga qarshi xuddi “Olimpik” bilan uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rgandek “nastroy” qilib chiqishsa, yaxshi natijaga erishamiz. Imkoniyatlar teng. Umid qilamanki, jamoadoshlarim yana muxlislarini xursand qila oladi.

Shuhratbek Jo‘raev.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!