
"Andijon" hujumchisiga teng keladigani topilmadi
O‘zPFL tomonidan iyun oyining eng yaxshi futbolchisi e’lon qilindi. Unga ko‘ra, "Andijon" klubi hujumchisi Rustam Turdimurodov iyun oyining eng yaxshi futbolchisi deya e’tirof etildi. Futbolchi so‘nggi 5 ta uchrashuvda 4 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Undan avval Turdimurodovning o‘tgan oyda "Qizilqum" darvozasiga kiritgan goli iyun oyining eng chiroyli goliga sazovor bo‘lgandi. Xullas, o‘tgan oy uchun ikkala individual sovrin ham Rustamga nasib qildi.
Fikrlar