Andijon klubi yangi mavsumda o‘z uy uchrashuvlarini Farg‘onada o‘tkazadi

  • 24 yanvar, 2023, 01:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘z oldiga professional futbol klub sifatida har tomonlama shakllanib borishni, turli yosh toifasidagi terma jamoalarimizga munosib nomzodlarni etkazib berishni, mahalliy iqtidorlarni xorij klublarida faoliyat yuritishini ta’minlashni asosiy maqsad qilib qo‘ygan “Andijon-SGS” jamoasi bu yil O‘zbekiston Professional Futbol Ligasining litsenziyalash jarayonidan o‘tadi.

Klub matbuot xizmatining xabar berishicha, jamoa rahbariyati ayni kunlarda O‘zPFLning litsenziyalash bo‘limi bilan yaqin hamkorlik o‘rnatgan xolda so‘ralgan xujjatlarni rasmiylashtirish ishlarini olib bormoqda. Litsenziyalash talablari bandlarida ko‘rsatilgan talablar ijrosini ta’minlash maqsadida “Andijon-SGS” uy o‘yinlarini o‘tkazish uchun talabga javob beradigan stadionni tanlash va uning xujjatlarini taqdim etish lozim bo‘ladi.

Tecno

Yuqoridagilardan kelib chiqqan xolda, andijonliklar bu yil o‘z uy uchrashuvlarini Andijon shahridagi “Bobur Arena” stadionida o‘tkazish bo‘yicha O‘zPFLga ma’lumot taqdim etgan. Bugungi kunda esa “Bobur Arena” stadionida keng ko‘lamli ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Ammo anomal sovuq havoning kirib kelishi ta’mirlash ishlariga ham salbiy ta’sirini o‘tkazmasdan qolmadi. Mutaxassislarining ma’lum qilishicha, stadion katta extimol bilan may oyida to‘liq foydalanishga topshiriladi. Shuni inobatga olib, “Andijon-SGS” chempionatning birinchi davra uy uchrashuvlarini vaqtincha Farg‘ona shahridagi “Istiqlol” stadionida o‘tkazadi. Tomonlar bu borada kelishuvga erishdi.

"Klub sport direktori Islombek Rustamov kuni-kecha Farg‘ona shahrida bo‘lib, “Istiqlol” stadionining bugungi xolati bilan yaqindan tanishdi. Stadion boshqaruv raisi Ilhomjon Sabitov bilan uchrashuv chog‘ida tashkiliy masalalar yuzasidan to‘liq kelishib olindi va yakunda O‘zPFL talabidan kelib chiqib, uch tomonlama shartnoma imzolandi. Ushbu rasmiy kelishuv yakuni bo‘yicha jamoamiz O‘zPFLni xabardor etdi. O‘z navbatida jamoamizning ushbu kelishuvini qo‘llab-quvvatlab yordam bergani uchun O‘zPFLga minnatdorchilik bildiramiz", - deyiladi klub xabarida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!