«Andijon» o‘quv mashg‘ulot yig‘ining birinchi qismini yakunladi
"Andijon" yangi mavsumga tayyorgarlikning birinchi bosqichini 4 yanvar kunidan boshlagan edi. Yig‘inga yuzlab futbolchilar jalb qilindi. Bir qator nazorat uchrashuvlari orqali bosh murabbiy Otabek G‘ulomxo‘jaev yig‘inda bo‘lib turgan futbolchilarni ko‘rikdan o‘tkazib, ba’zilariga javob berdi.
Yig‘in boshida mahalliy yigitlardan tashqari boshqa jamoalardan ham futbolchilar jamoaga taklif etildi. Quyida «Andijon» tarkibi qo‘shilgan futbolchilar bilan tanishib chiqishingiz mumkin:
Jasur Umirzoqov va Kamron Najafaliev (Bunyodkor), Ibrohim Turg‘unboev, Xazrat Tursunqulov va Abduvoxid G‘ulomov (Metallurg), Kamron Saidazimov (Lokomotiv), Mirkomil Lokaev (Dinamo), Sunnat Mamadaliev (Oq-tepa), Abdug‘ani Kamolov (Buxoro), Dilshod Baratov (Qo‘qon-1912), Ulug‘bek Xudoyberdiev (Istiqlol), Jasur Raximov (Paxtakor Farm).
9 yanvar kuni "Andijon" Farg‘onaning «Turon» jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvida maydonga tushib 2:3 hisobda mag‘lub bo‘ldi. So‘ngra «Navbahor» bilan Namanganda ikki uchrashuv o‘tkazildi. Birinchi uchrashuvda 1:0, ikkinchi uchrashuvda 2:0 hisobida imkoniyat boy berildi.
«Andijon» qishki yig‘inlarning ikkinchi qismini Toshkent shahrida davom ettiradi. Yig‘inning ikkinchi bosqichi 19 yanvar kuni boshlanadi.
Fikrlar