"Andijon" qaysi futbolchilar bilan muzokara olib boryapti?

  • 6 yanvar, 2022, 21:26
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Oldin xabar berganimizdek, “Andijon” klubi yangi mavsumga tayyorgarligini 12 yanvardan boshlashi rejalashtirilgan. Bosh murabbiy Viktor Kumikov va uning yordamchisi Oleg Kornienko bir kun oldin etib kelishadi.

Tecno

Jamoada o‘zgarishlar yuz beryapti. Ayniqsa, tarkibni to‘ldirish uchun yangi ijrochilar bilan allaqachon muzokaralar boshlangan. Yaqinda serbiyalik futbolchi Vladimir Bubanyaga taklif bildirilgani va buni o‘yinchining o‘zi tasdiqlagani xususida Sports.uz sayti orqali xabar bergandik. Klub matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, ayni paytga kelib “Andijon” jamoasi Bubanya bilan deyarli kelishuvga erishgan. Qolaversa, chernogoriyalik legionerlarga ham taklif yuborilgan bo‘lib, muzokaralar olib borilyapti.

Bundan tashqari, o‘tgan yilgi mavsumning birinchi yarmini Gruziyada Kutaisining “Torpedo” hamda ikkinchi davrani “Surxon” klubida o‘tkazgan himoyachi Murod To‘ychiboev “Andijon” klubidan taklif olgan. Shuni aytish kerakki, klub o‘tgan yili yozda ham ushbu o‘yinchiga qiziqish bildirgan. Voqealar rivojini esa kuzatishda davom etamiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!