"Andijon" safiga Osiyo chempionlari va yana boshqa iqtidorli yoshlar qo‘shilishdi

  • 15.01.2026 17:49
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol

"Andijon"ning Antaliyadagi yig‘in doirasida birinchi bosqich tayyorgarlik jarayoni davom etmoqda. Bugun kunning dastlabki qismidagi mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi.

Klub matbuot xizmatining xabar berishicha, tarkibga yana ayrim iqtidorli yoshlar qo‘shilishdi. Jumladan, yaqinda “Andijon” bilan shartnoma imzolagan umidli darvozabon Ne’matulloh Rustamjonov klub ixtiyoriga yetib keldi va mashg‘ulotlarga kirdi.

Shuningdek, yana bir U17 Osiyo chempioni, iste’dodli yarim himoyachi Sayfiddin Sodiqov ham bugundan mashg‘ulotlarda qatnashmoqda. Bulardan tashqari, o‘rinbosarlar safida to‘p surgan yarim himoyachi Fazliddinxo‘ja Ubaydullaev, Andijon futbol akademiyasi tarbiyalanuvchisi, himoyachi Ozod Sobirov ham endilikda “Andijon”ning Antaliyadagi yig‘iniga qo‘shildilar.

Qolaversa, murabbiylar shtabiga andijonlik iqtidorli mutaxassis Islom Ahmedov ham jalb etildi. Bungacha Andijon futbol akademiyasi qoshida tashkil etilgan birinchi ligasi jamoasida bosh murabbiylik qilgan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!