"Andijon" sardori jamoasini o‘zgartiradimi?

  • 18 dekabr, 2020, 22:06
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Andijon” klubi etakchilaridan biri – Farhod Bekmurodov haqida ham turli gap-so‘zlar yuribdi. Futbolchiga Superligadan va xorijdan takliflar bo‘layotgani xususida eshityapmiz.

Tecno

Uning kelasi mavsumni boshqa klubda davom ettirishi rostmi? Bu xususida futbolchi sports.uz saytiga quyidagilarni aytdi:

- “Andijon” bilan shartnomam 31 dekabrgacha amal qiladi. Yangi mavsumni qaerda davom ettirishim hali aniq emas. Lekin qiziqishlar bo‘lyapti, klublardan qo‘ng‘iroqlar bo‘lyapti. Nazarimda, barchasi yangi yildan keyin aniq bo‘ladi, - dedi Bekmurodov.

Aytish kerakki, Farhod ushbu mavsumda “Andijon” tarkibida 25 ta o‘yinda maydonga tushib 1 ta gol urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!