"Andijon" Shaxrom Samiev bilan shartnomani bekor qildi
"Andijon" matbuot xizmati tojikistonlik futbolchisi Iroq chempionatiga ko‘chib o‘tganini ma’lum qildi.
Rasmiy xabarda shunday deyiladi: "O‘tgan mavsumni ijarа asosida “Xorazm” safida o‘tkazgan tojikistonlik hujumchi Shaxrom Samiev huquqiy jihatdan “Andijon”ga tegishli bo‘lib, u “Burgutlar” safidagi faoliyatini 2024 yilda boshlagan va o‘shanda uch yillik shartnoma tuzgan.
2024 yil “Andijon”da va 2025 yil “Xorazm”da o‘ynagan legioner Iroqning “Al-Karma” klubi bilan shartnoma imzoladi.
Shuni ma’lum qilamizki, Ikki tomonning o‘zaro kelishuviga ko‘ra, futbolchi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi va u faoliyatini endi Iroq chempionatida davom ettiradi.
Biz Shaxromning keyingi faoliyatiga omad tilaymiz", - deya ma’lumot berdi, klub matbuot xizmati.
Fikrlar