"Andijon" Superliganing 1-turida "Lokomotiv"ga qarshi yoshlar jamoasi bilan o‘ynashi mumkin. Bunga jiddiy sabab bor
Xabaringiz bor kecha “Andijon” jamoasi og‘ir moliyaviy ahvolda qolayotgani va shu bois andijonlik muxlislar jamoaning bosh homiysi hisoblangan "Uzavtosanoat" AK boshkaruv raisi Shavkat Umurzaqovga videomurojaat yo‘llashgani haqida xabar berib o‘tgan edik.
So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda O‘zbekiston Professional futbol ligasi “Andijon” klubi futbolchilarini yangi mavsum uchun qaydnomadan o‘tkazmagan. Sababi, jamoaning o‘tgan yillardagi qarzlari bartaraf etilmagunicha bu ish amalga oshirilmaydi.
"Futbolchilar maqomi va o‘tishi bo‘yicha qo‘mita Andijon futbol klubiga yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish masalasida taqiq qo‘ydi. Klubga bir necha marta muddat berilganiga qaramay, qarzdorliklar masalasi hal etilmagan. Andijon futbol klubining nafaqat o‘z futbolchilari, balki boshqa klublar va tashkilotlardan ham qarzlari to‘planib qolgan.
Agar Andijon 7 mart sanasiga qadar barcha qarzdorliklarini bartaraf etsa, shu sananing 23:59 vaqtiga qadar yangi futbolchini ro‘yxatdan o‘tkazishi mumkin. Mazkur sanaga qadar ulgurilmasa, qo‘mita klubga nisbatan keyingi choralarni qo‘llaydi", - deb yozadi PFL bosh direktori o‘rinbosari Diyor Imomxo‘jeav.
Eslatib o‘tamiz, "Andijon" Superliganing ilk turini 28 fevral kuni safarda "Lokomotiv"ga qarshi o‘tkazadi.

Fikrlar