"Andijon" Tojikiston yig‘inidagi ilk o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi

  • 10 iyun, 2023, 00:56
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Tojikiston Respublikasi So‘g‘d viloyatining Guliston shahridagi Qayroqqum suv ombori sohilidagi sport kompleksida boshlagan o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini doirasida "Andijon" jamoasi a’zolari o‘rtoqlik uchrashuvlarida ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Tecno

Shunga asosan, “Andijon” bugun, 10 iyun kuni “Parvoz” jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Bu So‘g‘d viloyati, Guliston shahrining Bobojon G‘ofurov tumanidagi klub hisoblanadi.

“Parvoz” ayni paytda Tojikiston birinchi ligasida ishtirok etib kelyapti. O‘z vaqtida mamlakat Kubogini qo‘lga kiritgan.

“Andijon” – “Parvoz” uchrashuvi jamoa yig‘in o‘tkazayotgan sport kompleksi maydonida bo‘lib o‘tadi. O‘yinning boshlanish vaqti 18:00 ga belgilangan.

“Andijon” matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!