"Andijon" Toshkentda qaysi klublarga qarshi maydonga tushadi?

  • 7 yanvar, 2023, 09:17
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Dukentda o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini olib borayotgan “Andijon” jamoamiz nazorat uchrashuvlarini ham o‘tkazishi ko‘zda tutilgan.

Tecno

21 yanvarga qadar davom etadigan yig‘in doirasida 4 ta o‘yin tashkillashtiriladi.

Jamoamizning dastlabki o‘rtoqlik uchrashuvi 8 yanvarga belgilangan bo‘lib, shu kuni “Bunyodkor-Farm” jamoasiga qarshi maydonga tushamiz.

Ikkinchi nazorat uchrashuvimiz 11 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi. Bu safar Termizning “Surxon” klubi sparring-raqib vazifasini bajaradi.

andijon urtoklik

18 yanvarda esa Yorqin Nazarov ustozligidagi “So‘g‘diyona” jamoasi bilan bellashamiz.

Yig‘in doirasida oxirgi nazorat uchrashuvi 21 yanvar kuniga mo‘ljallangan. Shu kuni Samarqandning “Dinamo” jamoasi bilan o‘ynaymiz.

“Andijon” ishtirokidagi barcha nazorat uchrashuvlari Toshkentda o‘tkaziladi.

“Andijon” matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!