"Andijon" U-21 jamoasiga murabbiy tayinlandi

  • 25 yanvar, 2024, 15:03
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Andijon” jamoamizga doir yana rasmiy xabarni e’lon qilamiz.

Tecno

Gap shundaki, U-21 tarkib ham allaqachon yangi mavsum uchun tayyorgarligini boshlab yuborgan. Endilikda “Andijon” U-21 jamoasini mahalliy mutaxassis Abdurashid Ismoilov boshqaradi va ushbu mutaxassis bilan shartnoma imzolandi. Hozirda “Andijon” yoshlar tarkibi saralanyapti va iqtidorli yigitlar ko‘rikdan o‘tkazilyapti.

Abdurashid Ismoilovni andijonlik muxlislar yaxshi bilishadi. U 1971 yilning 3 mart kuni Andijon shahrida tavallud togan. Abdurashid Muxtorovich faoliyatini “UzDongJu”da 2007 yili boshlagan. 2009 yildan “Andijon” klubi o‘rinbosarlariga murabbiylik qilgan va 2014 yilgacha faoliyat olib borgan. Sobiq klubiga qaytgunga qadar “Andijon-SGS”da sport direktori lavozimida faoliyat olib borgan.

“Andijon” matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!