"Andijon" yana bir futbolchisi bilan shartnomani cho‘zdi
“Andijon” klubi yangi mavsum uchun tarkibni shakllantirish doirasida tajribali futbolchilaridan biri Sardor Azimov bilan hamkorlikni davom ettiradi. Bu borada ikki tomon kelishdi va shartnoma imzolandi. Bu xususida klub matbuot xizmati ma'lum qildi.
Azimov ham asli andijonlik bo‘lib, 2023 yildan beri jamoa sharafini himoya qilib kelmoqda. U bungacha 2019 yilda ham “Andijon” uchun to‘p surgan.
Yarim himoyachi o‘tgan yili barcha musobaqalarda 35 ta o‘yinda qatnashdi va 1 ta gol muallifi bo‘ldi.
Umumiy hisobda esa u faoliyati davomida “Andijon” libosida 85 ta uchrashuvda maydonga tushdi. 4 ta gol urgan va 5 ta assistni bajargan.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval Doniyor Abdumannopov bilan ham shartnoma uzaytirilgandi.
Fikrlar