"Andijon"da yana bir legioner sinovdan o‘tkaziladi
Kuzatib borayotgan bo‘lsangiz, “Andijon” klubi xorijlik legionerlarga katta e’tibor qaratmoqda. Shu sababli, chet elliklardan bir nechtasi sinovdan o‘tish uchun taklif qilinmoqda va bu borada saytimiz orqali muntazam ravishda xabar berib boryapmiz.
Navbatdagi taklif qilinayotgan legioner Tojikiston yoshlar terma jamoasi a’zosi Oyatullo Safarov ekani ma’lum bo‘ldi.
Ma’lumot uchun
Ism-familiyasi: Oyatullo Safarov
Tug‘ilgan sanasi: 19.12.2000
Millati: Tojikiston
Ampluasi: Qanot himoyachisi
Bo‘yi: 1.80 m
Transfer narxi: 125 ming evro
To‘p surgan jamoalari: Istiqlol, Barkchi, Regar-tadAZ, Kaganat.
“Andijon” matbuot xizmati.
Fikrlar