"Andijon"ga Bubanya kerak. Futbolchi bilan muzokaralar boshlandi

  • 27.12.2021 21:13
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Pro ligaga tushib ketgan “Andijon” klubi yana Superligaga qaytish uchun kurashishi tabiiy. Buni kuni kecha klub rahbari ham intervyusida aytib o‘tgandi. Hozirda klub tarkibni kuchaytirish uchun muzokaralarni boshlagan.

Tecno

Sports.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, “Andijon” klubi serbiyalik himoyachi Vladimir Bubanyaga taklif bilan chiqqan va ayni paytda muzokaralar davom etyapti.

bubanya_1

Futbolchi bilan bog‘langanimizda chindan ham “Andijon” klubidan taklif bo‘lganini tasdiqladi va kelasi yili u erda yaxshi jamoa shakllanishi haqida qo‘shimcha qildi. Ammo “Burgutlar” safiga ko‘chib o‘tish imkoniyatini 50x50 baholadi. Chunki unga “Andijon”dan tashqari Qozog‘istonning “Kaspiy” klubidan ham taklif bo‘lganini ta’kidladi. Katta ehtimol bilan serbiyalik legioner ikkala klubdan birini tanlashi kutilyapti.

Bubanya O‘zbekistonda dastlab AGMK, keyinchalik “Surxon” tarkibida to‘p surgan. Joriy mavsumda u termizliklar safini yozda tark etgan va Serbiyaga qaytib mahalliy “Novi Pazar” jamoasi sharafini himoya qildi.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!