"Andijon"ga xorijdan darvozabon keladimi?

  • 28.01.2020 23:37
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 2
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Andijonliklar Yangier va Toshkentdagi yig‘indan so‘ng endi Farg‘onada «Hokim Kubogi»da ishtirok etishyapti va bu ham jamoaning tayyorgarlik rejasining bir bo‘lagi hisoblanadi. Shu yo‘l orqali bosh murabbiy Aleksandr Xomyakov jamoasining o‘yinini shakllantirishga harakat qilmoqchi. Lekin shunga yarasha tarkib ham etarli o‘yinchilar bilan to‘ldirilishi zarur. Hozirda esa klubda selektsiya ishlari davom etmoqda. Natijada jamoada keldi-ketdilar davom etmoqda.

Jumladan, yaqinda xabar berib o‘tilganidek, o‘tgan mavsumning ikkinchi davrasida «Navbahor»da to‘p surgan iqtidorli futbolchi Nodir Mavlonov yana «Andijon»ga qaytgan. Yodingizda bo‘lsa, ushbu o‘yinchi 2018 yili «Andijon» tarkibida to‘p surgan va jamoaning Superligaga yo‘l olishida katta hissa qo‘shgandi. Shu tariqa, Mavlonov yangi mavsumni yana «Andijon»da boshlaydigan bo‘lib turibdi. Shuningdek, o‘tgan mavsumda «Qo‘qon-1912» jamoasida o‘ynagan hujumchi Temur Usmonov ham «Andijon»dan tushgan taklifni qabul qildi. Aytish joizki, Usmonov o‘tgan yili qo‘qonliklar safida 8 ta uchrashuvda maydonga tushdi, lekin raqiblar darvozasiga gol ura olgani yo‘q. Murabbiylar esa «Andijon»da unga imkoniyat berishmoqchi.

Shu bilan birga klubni yana ikkita o‘yinchi tark etdi. Yarim himoyachi Robbim Hasanov ayni paytda Farg‘onaning «Istiqlol» jamoasida shug‘ullanmoqda. Hozirda esa u «Istiqlol» bilan birga Farg‘onada «Hokim Kubogi»da qatnashmoqda. Shuningdek, yana bir yarim himoyachi Doniyor Ismoilov ham «Andijon» bilan xayrlashdi. Hujumchi Davron Isoqov esa «Turon» jamoasining mashg‘ulotlariga qo‘shilgan. Hozirda esa murabbiylarni darvozabon muammosi ham o‘ylantirmoqda. Ma’lum bo‘lishicha, ayrim legioner posbonlarning nomzodlarini o‘rganib chiqmoqdalar va tez orada yangi darvozabon tarkibga qo‘shilishi kutilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Temur Qodirov
29/01/2020 00:41
Mavzuni qarayu sarlavxani qara na fudbolimizda tartib bor na jurnalistu axboratda xullas vodiy klublariga omad
Navbaxorda
Dior Akhunoff
29/01/2020 00:17
Aniq Ma'lumot qani sarlavhadagi?