"Andijon"ning Antaliyadagi navbatdagi raqibi haqida nimalar ma'lum?
Antaliyada yig‘in o‘tkazayotgan “Andijon” rejaga ko‘ra, 16 yanvar kuni o‘zini ikkinchi nazorat uchrashuvida maydonga tushadi.
Xabaringiz bor, ilk bellashuv 13 yanvarda o‘tkazilgan bo‘lib, unda “Burgutlar” Turkiyaning “Siverek Belediyespor” jamoasini 3:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratgandilar. Navbatdagi sparring-raqib esa Vengriyaning “Vashash” klubidir. Bu Budapesht shahri jamoasi hisoblanadi. Aytish lozimki, 1911 yilning 16 mart sanasida ushbu klubga asos solingan.
Vengiya milliy chempionati II da ishtirok etayotgan klub ayni paytda turnir jadvalida 2-o‘rinni egallab turibdi. 15 ta turdan so‘ng 9 g‘alaba, 2 durang va 4 mag‘lubiyat qayd etib, to‘plar nisbati 25\15 ni tashkil qilgan holda 29 ochko jamg‘arib turibdi.
Jamoani 45 yoshli mahalliy mutaxassis Gabor Erosh boshqarmoqda. “Vashash” klubi Antaliya yig‘inidagi dastlabki uchrashuvini Qirg‘izistonning “Oziya Talas” klubiga qarshi o‘tkazdi va unda 4:0 hisobida g‘alaba qozondi. Xuddi biz kabi navbatdagi o‘yin ham raqib uchun Antaliyadagi ikkinchi uchrashuvga aylanadi.
Shuningdek, bu klub o‘z tarixida 6 karra Vengriya chempioni hamda Kubogi sohibi sanaladi.
“Andijon”ni “Vashash”ga qarshi qiziqarli o‘yin kutmoqda. Bellashuv Toshkent vaqti bilan 18:00 da boshlanadi.
"Burgutlar"ni bundan tashqari oldinda yana 8 ta o‘rtoqlik uchrashuvi kutmoqda. Jamoaning Antaliyadagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini esa 18 fevralga qadar davom ettiriladi. Shu vaqt mobaynida yig‘in 3 bosqichni o‘z ichiga oladi.
Eslatib zo‘tamiz, "Andijon" klubi tajribali legioner hujumchi Martin Boake bilan shartnoma imzoladi.
Fikrlar