"Andijon"ning "Antaliyadagi raqiblari oydinlashmoqda

  • 08.01.2026 00:07
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol

“Andijon” jamoasining Antaliyadagi yig‘ini doirasida albatta xorij klublariga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlariga ham alohida e’tibor qaratiladi.

Rejaga ko‘ra, “Burgutlar” 10 ta o‘yin o‘tkazishi ko‘zda tutilgan. Hozirga qadar 7 ta sparring-raqiblar nomi ma’lum bo‘ldi.

Jumladan, Vengriya, Makedoniya, Bolgariya, Qozog‘iston, Ukraina va Chernogoriya klublariga qarshi bahslar o‘tkaziladi. Shuningdek, yana uchta uchrashuv sanasi ma’lum va tez orada qolgan sparring-raqiblar nomi ham ma’lum bo‘ladi.

13.01.2026. ---

16.01.2026. “Andijon” - “Vashash” (Vengriya)

20.01.2026. “Andijon” - “Vardar” (Makedoniya)

29.01.2026. “Andijon” - “Arda Kirdjali” (Bolgariya)

02.02.2026. “Andijon” - “Shaxtyor” (Qozog‘iston)

05.02.2026. “Andijon” - “Zarya” (Ukraina)

08.02.2026. ---

11.02.2026. “Andijon” - “Dechich” (Chernogoriya)

14.02.2026. “Andijon” - “Ordabasi” (Qozog‘iston)

17.02.2026. ---

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!