"Andijon"ning Antaliyadagi tayyorgarligining ilk bosqichi yakuniga yetdi

  • 21.01.2026 11:19
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol

Ma'lumki, “Andijon” klubi yangi mavsumga tayyorgarlikning asosiy qismini Turkiyaning Antaliya shahrida olib borishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, shu maqsadda 7 yanvar kuni Antaliyaga yo‘l oldi.

Bu yerdagi yig‘in uch bosqichdan iborat bo‘lishini oldin ham ta'kidlaganmiz. Uning dastlabkisi 7-21 yanvarga mo‘ljallangan. Ilk tayyorgarlik bosqichida jamoa uchta nazorat uchrashuvida maydonga tushdi va endilikda jamoa a'zolari qisqa tanaffus oladilar.

Jamoaning Antaliya yig‘inidagi ikkinchi tayyorgarlik bosqichi 24 yanvardan boshlanadi va 5 fevralga qadar davom etadi. Buning ichida yana uchta o‘rtoqlik o‘yini o‘tkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, “Andijon”ning Antaliyadagi o‘quv-mashg‘uloti 18 fevralda yakuniga yetadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!